19:10 / 15.05.2017
16668

Video: Xames Rodriges «Real» muxlislari bilan xayrlashdi

«Real Madrid» yarimhimoyachisi Xames Rodriges «Sevilya»ga qarshi Ispaniya chempionatining 37-turidan olgan uchrashuvda (4:1) 60-daqiqada zaxiraga olindi.

Xames maydondan chiqib ketayotganida maydondan chiqishga shoshilmasdan muxlislar bilan xayrlashdi va ularga minnatdorchilik bildirib olqishladi. Xorij matbuotining yozishicha, bu Xamesning «Real» futbolchisi sifatida Madridda o‘tkazgan so‘nggi uchrashuvi edi.

«Real»ni oldinda yana uchta uchrashuv kutmoqda. Jamoasi Ispaniya chempionati doirasida ikkita uchrashuvni mehmonda o‘tkazadi («Selta» va «Malaga»ga qarshi). Yana bir uchrashuv «Yuventus»ga qarshi 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan YeChL finali.

Ammo Xamesning ketishi haqidagi xabarlarni bosh murabbiy Zidan tasdiqlamadi

«Xames ketayotgani haqida hali menga hech narsa demadi. Hozirgi vaqtda u — «Real Madrid» futbolchisi. Biz hozir faqat La-liga va YeChL finali haqida o‘ylamoqdamiz», degan Zidan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, kolumbiyalik 26 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted» bilan og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top