21:02 / 16.05.2017
5253

Xitoy investitsiya va innovatsion loyihalar uchun 150 mlrd yuanlik jamg‘arma tashkil etdi

Foto: AP Photo / Ng Han Guan, File

Xitoyning bir guruh davlat kompaniyalari Xitoy aerokosmik ilmiy-texnologik korporatsiyasi (CASC) bilan birgalikda investitsiyalar va strategik innovatsion loyihalar uchun 150 mlrd yuan (22 mlrd dollar) qiymatdagi jamg‘arma tashkil etishdi.

"Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilishicha, jamg‘arma investitsiyalari birinchi navbatda aerokosmik sanoat, ekologik toza energiya olish sohasidagi ishlanmalar, 3D-bosma texnologiyalari, kvant aloqasi, yuqori tezlikdagi temir yo‘llar, yadro energiyasi, robototexnika va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.

Ta'kidlanishicha, jamg‘arma davlat kompaniyalarining innovatsion salohiyatini ko‘paytirish, ular o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro faoliyat darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan. 

Jamg‘armaga Pekin shahri hukumati va Xitoyning bir qator yirik banklari homiylik qilmoqda.

Top