00:09 / 16.05.2017
5063

Makron: Yevropa Ittifoqi chuqur islohotlarga muhtoj

Foto: EPA/CLEMENS BILAN

Fransiyaning yangi prezidenti Emmanyuel Makron Germaniya kansleri Angela Merkel  bilan Berlindagi uchrashuvi natijalariga ko‘ra Yevropa Ittifoqi isloh qilinishga muhtoj, deb aytdi.

"Bizga kamroq darajada byurokratlashgan, o‘z fuqarolarini yaxshiroq himoya qila oladigan Yevropa zarur", deb aytdi Makron. Uning aytishicha, "Yevropasiz tinchlik, farovonlik va erkinlik bo‘lmaydi". "Biz institutlar islohotlariga va yangi kelishuvlarga tayyormiz", deb aytdi Makron. Uning ta'kidlashicha, chuqur o‘zgarishlarni nafaqat Yevropa Ittifoqida, balki yevrohududda ham o‘tkazish lozim. 

Shu bilan birga Makron Germaniya uchun "ochiq-oydin va konstruktiv hamkor" bo‘lishga va'da berdi. "Biz ko‘proq darajada demokratcha yo‘ldan borishimiz kerak", deb aytdi Makron.

U yaqin orada Fransiyada ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazishga va'da berdi.

"Fransiya ommaviy  ishsizlik muammosini tartibga solmagan yagona davlatdir. Biz yaqin orada o‘tkaziladigan chuqur islohotlarga muhtojmiz", deb aytdi Makron.

Berlin Makron o‘zining ilk xorijiy safari uchun tanlagan shahar bo‘ldi. "Birinchi tashrif, Yevropa tiklanishiga qo‘yilgan birinchi toshdir", deb yozdi Makron tvitterda.

Mavzuga oid
Top