07:45 / 16.05.2017
6504

Suriya-Iordaniya chegarasida kuchli portlash yuz berdi, qurbonlar bor

Foto: Jacob Simkin ZUMAPRESS.com/Globallookpress

Suriya-Iordaniya chegarasi yaqinida joylashgan suriyalik qochqinlarning Ar-Rukban lageri yonida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda arab OAVga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, Suriya ozod armiyasiga tegishli o‘tkazish punkti yonginasida minalashtirilgan avtomobil portlatilgan. 

Fojianing qolgan tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Ta'kidlanishicha, ushbu lagerda 75 minggacha qochqin joylashgan bo‘lishi mumkin.  

Top