09:40 / 17.05.2017
7664

15 may kuni Toshkentda 3 ta YTH ro‘y berdi, bir kishi vafot etdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda 2017 yil 15 may kuni qayd etilgan yo‘l-transport hodisalari va aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan ma'lumot berdi.

Xususan, 2017 yilning 15 may kuni Toshkent shahri hududida 3 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 2 nafar shaxs tan jarohati olib, 1 nafar shaxs vafot etgan.    

2017 yilning 15 may kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2317 ta qoidabuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 718 tasini qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 28 tasi mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etdi. 

Toshkent shahar IIBB YHXBning Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 15 may kuni jami 1151 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 591 tasini svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlangan, 560 tasi belgilangan tezlikni me'yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etdi. 

Top