09:07 / 17.05.2017
5067

AQSh kongressi Trampning Komi bilan barcha uchrashuvlarini o‘rganib chiqmoqchi

Foto: cnn.com

Amerikalik kongressmen Jyeyson Chaffets Federal qidiruv byurosi diretori v.b. Endryu Makkeybuga maktub yo‘lladi. U byuroning sobiq rahbari Jyeyms Komining AQSh prezidenti Donald Tramp bilan barcha uchrashuvlariga doir yozuvlarni taqdim etishni so‘ragan. Hujjat Vakillar palatasi saytida e'lon qilingan

Bundan avvalroq, The New York Time gazetasi o‘z manbalariga asoslangan holda, shu yilning fevral oyida prezident Tramp Komidan milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinnga nisbatan tergovni to‘xtatishni so‘ragani haqida yozgan edi. Oq uy nashrning bu kabi iddaolarini rad etdi. 

Chaffets esa nashr ma'lumotini tasdiqlash yoki uni inkor etish zarurati haqida so‘z yuritmoqda. Shu munosabat bilan u FQB direktori v.b.dan Komining Tramp bilan uchrashuvlariga doir barcha ma'lumotlar, ovozli, qisqa eslatma va boshqa barcha turdagi yozuvlarni berishni so‘ragan. 

Top