08:33 / 17.05.2017
8065

Chang‘ichi chuqurligi 20 metrlik yoriqqa qulashini videoga oldi

Britaniyalik tog‘ chang‘ichisi Jyeymi Mallner Shveytsariya Alplaridagi Saas-Fe kurortida chang‘i uchayotganda chuqurligi 20 metr keladigan yoriqqa qulaganini videoga oldi.

Mallner qoya bo‘ylab pastga tushish oldidan yo‘nalishni ko‘zdan kechirib, yo‘ldagi barcha yoriqlarni e'tiborga olib qo‘yganiga qaramay, yoriqlardan birini payqamay qolib, unga tushib ketgan.

"Men yaxshiman, biroq yuqoriga chiqishim uchun yordam kerak", deb aytgan chang‘ichi o‘z do‘stlariga.

Xayriyatki, chang‘ichi jiddiy jarohatlar olmagan va ratsiyasini shikastlamagan. U ratsiya orqali qutqaruvchilar bilan bog‘lana olgan. Ular chang‘ichini tezda topib, uni chig‘ir yordamida yuqoriga ko‘tarishgan. 

Mavzuga oid
Top