22:45 / 17.05.2017
15441

Chimyon MDHning yozgi faol hordiq uchun eng yaxshi maskanlari beshligidan o‘rin oldi

Foto:salomtashkent.com

Chimyon MDHning yozgi faol hordiq uchun eng yaxshi maskanlari beshligida qayd etildi. «TurStat» tahlil agentligi shunga doir ma'lumoti bilan bo‘lishdi.

MDHning faol hordiq uchun eng mashhur kurortlari beshligida quyidagi tog‘li maskanlar nomi keltirilgan:

  1. Chimbuloq (Qozog‘iston);
  2. Shoxdog‘ (Ozarboyjon);
  3. Tsaxkadzor (Armaniston);
  4. Chimyon (O‘zbekiston);
  5. Qorako‘l (Qirg‘iziston).

Faol hordiq - toqqa chiqish (trekking), jipping, tog‘ velosipedlari (mauntinbayk) va kvadrosikllarda uchish, otda sayr qilish, SPA va fitnesni o‘z ichiga oladi.

Reyting mehmonxonalarni onlayn-band qilish tizimiga oid ma'lumotlarni tahlil qilish natijalari bo‘yicha tuzilgan.

TurStat ma'lumotlariga ko‘ra, sayyohlar tog‘li kurortlardagi faol hordiq uchun o‘rtacha 7 kun ajratishadi.

Eng hamyonbop faol hordiq olish mumkin bo‘lgan maskanlar sifatida Qirg‘izistonning Qorako‘l va O‘zbekistonning Chimyon maskanlari e'tirof etilgan - bu yerlarda yashash va ovqatlanish sutkasiga 70 dollardan arzonroqqa tushadi. Eng qimmat hordiq chiqarish maskani esa - Chimbuloq (Qozog‘iston) - sutkasiga 100 dollardan ziyod mablag‘ kerak bo‘ladi. Shoxdog‘da bu ko‘rsatkich - 90 dollar, Tsaxkadzorda esa - 80 dollar.

Mavzuga oid
Top