21:04 / 17.05.2017
55672

Erdo‘g‘anning soqchilari Vashingtondagi namoyishchilar bilan mushtlashib ketishdi (video)

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning soqchilari davlat rahbarining Vashingtonga qilgan tashrifi chog‘ida namoyishchilar bilan mushtlashib ketishdi. The Guardian shu haqida xabar berdi. 

Ta'kidlash joizki, Erdo‘g‘an Vashingtonga AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun tashrif buyurgan. Bir necha o‘n fuqaro turk rahbari tashrifiga norozilik bildirib, aksiya tashkillashtirgan. 

Namoyishchilar Erdo‘g‘anning soqchilari bilan urishib ketishdi, janjal mushtlashuvgacha borib yetdi. 

Mushtlashuv natijasida kamida 9 kishi jabrlandi, 2 nafari qo‘lga olindi. 

Mavzuga oid
Top