09:13 / 17.05.2017
6567

Xokkey bo‘yicha jahon chempionatining barcha chorak finalchilari ma'lum

Foto: newstes.ru

Parij va Kyoln shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan xokkey bo‘yicha jahon chempionatining pley-off bosqichi barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda "R-Sport".

Germaniyaning Kyoln shahrida seshanba kuni Latviya va Germaniya termalari o‘rtasidagi bahs bilan musobaqaning guruh bosqichi yakunlandi. Unda birinchilik mezbonlari bullitlar bo‘yicha ustun keldi. Endilikda nemislar chorak finalda V guruhida birinchi o‘rinni egallagan Kanada bilan to‘qnash keladi.

Rossiyalik xokkeychilar esa seshanba kuni AQSh terma jamoasiga 3:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi va A guruhida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Shu tariqa ruslarning pley-offdagi ilk raqibi Chexiya termasi bo‘ladi. Amerikaliklar chorak finalda Finlyandiya bilan kuch sinashsa, Shvetsiya termasi Shveytsariya bilan uchrashadi.

Chorak final bahslari payshanba, 18 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Top