17:20 / 17.05.2017
8197

Rossiya AQShga Tramp va Lavrov uchrashuvining stenogrammasini yetkazishi mumkin

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sergey Lavrovning Tramp bilan uchrashuvi va Trampning Rossiya tomonga ma'lumotlarni taqdim etganidan g‘azablangan amerikaliklarning holatini shizofriniya deb atadi.

Uning aytishicha, Rossiya AQShga Tramp va Lavrov uchrashuvining yozib olinganini yetkazishga tayyor.

«Agar AQSh rahbariyati xohlasa, biz ularga Lavrov va Tramp uchrashuvining yozib olingan holatini yetkazishimiz mumkin. Albatta, ular buni xohlashsa»,- deb aniqlik kiritgan Putin.

Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovning aniqlik kiritishicha, gap audioyozuv haqida ketmayapti. Putin stenogrammani nazarda tutgan.

Top