11:47 / 17.05.2017
8565

16 may kuni Toshkentda 2ta yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahrida 2 ta yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Xususan, 2017 yilning 16 may kuni soat 09:05 da Yunusobod tumani, A.Temur shoh ko‘chasi, 95A-uyda “NEXIA-2” rusumli avtoulovning orqa yukxona qismi hamda yonida turgan “GAZ-5201” rusumli avtoulovni kuzov qismi yongan. Yong‘inning taxminiy sababi aniqlanmoqda.

Shuningdek, 2017 yilning 16 may kuni soat 21:49 da Bektemir tumani, Bektemir ko‘chasi 24-uyda 4 kv.metr maydonda uy jihozlari yongan. Yong‘inning taxminiy sababi: elektr simlarining qisqa tutashuvi.

Mavzuga oid
Top