10:41 / 18.05.2017
28179

1 mln dollardan ortiq mablag‘ni sotib yuborgan toshkentlik sarroflar jinoiy guruhi rahbari qamaldi

Foto: Depositphotos

O‘lmas Aliyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) valyutafurushlikka jazo muqarrarligini bilsa-da, o‘zini bu ishdan tiya olmadi. U Toshkent shahrining turli bozorlarida xorij valyutalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni topib, bir guruhga birlashtiradi (ushbu guruhdagi boshqa a'zolarning jinoyat ishi alohida ish yurituviga ajratilgan), deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

O‘.Aliyev ularni xorij valyutasi va milliy valyuta bilan ta'minlab turadi. Buning evaziga guruh a'zolari unga ko‘rilgan noqonuniy foydaning kattagina qismini yetkazib berib turadilar.

Jinoiy guruh tomonidan uch yil mobaynida 1 mln. 233 ming 150 AQSh dollari qonunga xilof ravishda sotib yuborilgan ekan.

Yashirin faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning noqonuniy qilmishlariga ertami-kech, baribir barham beriladi. Bir ish qilishdan avval faqat mo‘may daromad topishni emas, balki uning oxirini ham o‘ylagan kishi hayotda qoqilmaydi. O‘tgan yilning 11 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi tomonidan O‘.Aliyev 5 yilu 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Top