19:45 / 18.05.2017
14158

Eron AQShning sanktsion bosimiga javob qaytardi

Foto: musavat.com

Eron tashqi ishlar vazirligi AQShning to‘qqiz jismoniy shaxsi va kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. IRNA agentligi shu haqda xabar berdi.

"Ular inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzish va (Isroilning) sionistik rejim tomonidan mustamlakaga aylantirilgan hududlarda sodir etilgan jinoyatlarga aloqadordir", - deyiladi Islom Respublikasi TIV bayonotida. 

Eron sanksiyalari xususan Isroil Harbiy dengiz kuchlari (HDK)  uchun korvetlar yetkazgan Huntington Ingalls Industries kemasozlik firmasi, shuningdek Booz Allen Hamilton xususiy razvedka kompaniyasiga qarshi yo‘lga qo‘yilgan. Tehronga ko‘ra, kompaniya xodimlari Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, Eronga nisbatan qo‘poruvchilik faoliyatini amalga oshirishadi. 

Hujjatda aytilishicha, Tehron Eronning raketa dasturini amalga oshirishga jalb qilingan bir qator firma va jismoniy shaxslariga nisbatan AQSh tomonidan joriy qilingan sanksiyalarga shu tariqa javob qaytargan. 

Eron AQSh ma'muriyatining bu qarorini nomaqbul, noqonuniy va xalqaro normalarga zid ekanini ta'kidlagan.

Amerikaning Islom Respublikasiga nisbatan sanktsion ro‘yxatining kengayishi 17 may kuni ma'lum bo‘ldi. Cheklovlar Eron korxonalari va fuqarolaridan tashqari, Xitoy kompaniyalariga nisbatan ham joriy qilingan.

Top