16:44 / 18.05.2017
8245

Forbes'dan AQShning eng muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi ayollari reytingi

Foto: Flickr

Forbes jurnali AQShning o‘z kuchi va mehnati bilan muvaffaqiyatga erishgan eng badavlat ayollari ro‘yxatini taqdim etdi. Reytingni Little Caesars Pizza hammuassisi Marian Ilitch boshqarmoqda. Uning moliyaviy holati 5,1 milliard dollarga baholanmoqda.

Ikkinchi pog‘ona ABC Supply kompaniyasi hammuassisi va raisi Diana Xendriksga nasib etdi - 4,9 milliard dollar.

Uchinchi o‘rinda - Love kompaniyasining ijrochi kotibi va Love Family Fund raisi Judi Lav, shuningdek teleboshlovchi va ishbilarmon Opra Uinfri - 2,9 milliard dollardan.

Gap hammuassisi Doris Fisher beshinchi o‘rinni egalladi. Epic Systems asoschisi va bosh direktori Judi Folkner oltinchi o‘rinni Hewlett Packard Enterprise bosh direktori va HP Inc. raisi Margaret Uitmen bilan bo‘lishdi.

Ilk o‘nlikdan shuningdek J.B. Hunt Transport Services vakili Jonell Xant, "Las-Vegas qirolichasi" Eleyn Vinn va Wonderful Company'dan Linda Resniklar joy oldi. 

Bundan tashqari, reytingga dizaynerlar Vera Vong (29-o‘rin), Tori Berch (30-o‘rin), Donna Karan (38-o‘rin), Diana fon Fyurstenberg (51-o‘rin)lar ham kiritilgan.

Reytingda shou-biznes vakillaridan Madonna (32-o‘rin), Selin Dion (43-o‘rin), Barbra Streyzand (44-o‘rin), Beyonse (46-o‘rin), Teylor Svift (55-o‘rin) nomlari qayd etilgan.
 

Top