13:06 / 18.05.2017
9312

Xorazmda firibgarlar jazoga tortildi

Ilmiy tadqiqot institutlarining birida kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan Madiyor Saidov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) firibgarlik evaziga o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishga urindi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i Z.Jabborovni 8 ming AQSh dollari evaziga qishloqdagi 2017 yilda qurilishi rejalashtirilgan namunaviy turar joylarning o‘rnini tumanning boshqa joyiga ko‘chirish uchun mansabdor shaxslarga qistirib, 60 ball bonitetdan ziyod yerlarni 40 ball bonitetga tushirib berishi mumkinligini aytib aldadi. Undan Toshkent shahridagi metro bekati yonida 6 ming 500 AQSh dollarini, keyinchalik yana bir ming 500 AQSh dollarini kirakash haydovchi orqali oldi. Ushbu pulning 50 million so‘mini sinfdoshi orqali qaytarib berdi.

Ilgari tuman arxitektura va qurilishi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan, hozirda ishsiz Sarvar Qo‘ziyev ham bu borada “ustasi farang”lardan chiqib qoldi. U 2017 yilda tumanda qurilishi rejalashtirilgan namunaviy turar joylarning yer o‘rnini yo‘l bo‘yiga ko‘chirish uchun ekin yeri bo‘lgan yerlarni 40 ball bonitetga tanishlari orqali pasaytirib berishini aytib, A.Nizomov va D.Aminovlardan 4 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi. Keyinchalik yer ball bonitetini kamaytira olmaganligini aytib, 2 ming 500 AQSh dollarini qaytarib beradi. 

Firibgarlik evaziga o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishga urinib, tamagirlikka qo‘l urgan ushbu fuqarolarning har bir qonunga muvofiq tegishli jazosini oldi.

Top