18:08 / 18.05.2017
27584

Mo‘'jiza: 500 gramm vaznli bolaning yuragi muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

Hindistonda homiladorlikning 28-haftasida 470 gramm vaznga ega o‘g‘il bola dunyoga keldi. U yurak operatsiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazgan birinchi mitti bolakay bo‘ldi. Life shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.

Rajastondagi tug‘uruqxonalardan birida hali ism qo‘yilmagan bola dunyoga kelganida u inson kaftidek kelar edi. U shu qadar nimjon ediki, shifokorlar unga tegishga ham qo‘rqishardi. Bolaning ko‘zlari yumuq bo‘lib, o‘pkasi rivojlanmagan, terisi esa qog‘ozga o‘xshash edi. 

Foto: Instaram/@jammy_life

Shunga qaramay, ikki hafta o‘tgach, "Gitanjali" tibbiyot kolleji va "Jyevanta" gospitali shifokorlaridan iborat jamoa bolada nafas olish bilan bog‘liq muammolarni aniqlashi bilan ochiq arterial oqimni bartaraf qilish bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bundan tashqari, yurakning ikki asosiy arteriyalari bittaga tutashib ketgandi. 

Bola ona qornidaligi vaqtida bu arteriyalar bir-biriga ulangan bo‘ladi, tug‘ilish paytida esa ular aorta va o‘pka arteriyasiga transformatsiyalashadi. Agar shunday bo‘lmagan taqdirda bola tibbiy tekshiruvdan o‘tishi kerak. Favqulodda vaziyatlarda - dorilar kerakli natija bermasa, yurakda operatsiya o‘tkaziladi.

Bunday kichik vaznli bolada jarrohlik amaliyotini o‘tkazish juda qiyin vazifa edi. Bundan tashqari, bolaning hech bir organi oxirgacha rivojlanmagan va oddiy bolaning organlariga nisbatan o‘n karra kichik bo‘lgan. Operatsiyaga tayyorlanish vaqtida shifokorlar barcha ehtimoliy xavflarni oldindan o‘rganib, ular ustida ishlashdi. 

Foto: Instaram/@jammy_life

Bolakay yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun intensiv terapiya bo‘limida jarrohlik asboblarining maxsus kichraytirilgan nusxalarida operatsiya qilindi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, shu bois bolaning ota-onasi hamda shifokorlar uning omon qolganini mo‘'jiza deb hisoblashmoqda.

 

Top