21:15 / 18.05.2017
6057

Nyu-York markazida avtomobil yo‘lovchilar ustiga yurdi, qurbonlar bo‘lishi mumkin

Nyu-York shahri markazidagi Tayms-skver maydonida avtomobil yo‘lovchilar ustiga haydaldi.

CBS New York ma'lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida o‘nlab jabrlanganlar bor.

Reuters ma'lumotiga ko‘ra esa qurbonlar bor.

Internetda voqea joyida olingan videolar va suratlar tarqalmoqda.

Ayni vaqtda politsiya hodisa hududini o‘rab olgan.

Avtomobil piyodalar ustiga qasddan haydalganmi yoki yo‘q, bu aniq emas.

Mavzuga oid
Top