10:41 / 18.05.2017
45257

UFF.uz sayti Yevropa Ligasi finalida ishlaydi

May oyi o‘zining qizqin pallasiga kirib ulgurdi. Hademay, Yevropaning kuchli chempionatlarida bu yilgi mavsum nihoyasiga yetdi.

G‘olib jamoalarning nomi sekin-asta ma'lum bo‘ladi. Undan so‘ng esa, barchaning e'tibori Yevropa Ligasi va Yevropa Chempionlar ligasi musobaqalarining final o‘yinlariga qaratiladi. Bu tabiiydir.

Bugun o‘zbekistonlik ishqibozlar uchun qiziqarli ma'lumotni aytib o‘tmoqchimiz. Shu yilning 24 may kuni Shvetsiya davlatining Stokgolm shahridagi "Frends Arena" stadionida bo‘ladigan Yevropa Ligasi finalida ishlash huquqini UFF.uz sayti qo‘lga kiritdi.

Sayt xodimi bo‘lgan San'at Sharipov ushbu katta futbol forumini vatanimiz futbol muxlislari uchun yoritadigan bo‘ldi. Unga UYeFA tomonidan eksklyuziv akkreditatsiya taqdim etildi.

Demak, o‘zbekistonlik muxlislar "Ayaks" - "Manchester Yunayted" o‘yini atrofidagi barcha tezkor va eksklyuziv xabarlarni bilib borishadi.

Top