10:29 / 19.05.2017
52685

Denov shahridagi kiyim-kechak bozorida katta yong‘in yuz berdi

Surxondaryo viloyatining Denov shahridagi, mahalliy xalq orasida «Habib bozor» deb nomlanuvchi kiyim-kechak bozorining katta qismi 19 mayga o‘tar kechasi yonib ketgani haqida xabarlar kelmoqda.

Kun.uzning Denovdagi manbalari bozorning aynan qancha qismi yonganligini va boshqa tafsilotlarni aytib berisha olmagan. Chunki ayni paytda bozor hududi ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘rab olingan va ichkariga hech kim qo‘yilmayapti.

Kun.uz voqea tafsilotlarini kuzatishda davom etadi.

Mavzuga oid
Top