09:42 / 19.05.2017
5984

Ekstremal balandlikda tortilgan trosdan yurib o‘tish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Foto: dailysabah.com

Shveytsariyalik Samuel Voleri ikki qoya orasida 240 metr balandlikda tortilgan neylon trosdan 1210 metr yurib o‘tib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar bermoqda

Shveytsariyalik rekordini Turkiyada Levent International Outdoor Sports Festival nomli festivalda o‘rnatdi. Voleri tanlagan Levent vodiysi AQShdagi Grand-Kanon bilan o‘xshashligi sababli alpinistlar va boshqa ekstremalchilarni jalb qiladi.

Ta'kidlanishicha, kuchli yon shamol ekstremalni trosdan bir necha bor itqitib yuboray degan, biroq sportchi trosda turib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Volerigacha hech kim trosda bunday uzun masofani bosib o‘tmagan.

Foto: umitcoskun0644, bulentdurmus44 / Twitter

"Men bu rekordni o‘tgan yil Marokashda o‘rnatmoqchi edim, biroq o‘shanda menga yomon ob-havo xalaqit qilgandi. Men va jamoam Levent vodiysiga keldik va men birinchi urinishdayoq rekordni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldim. Bu katta muvaffaqiyat", deb aytdi ekstremalning o‘zi. 

Uning aytishicha, u ko‘proq masofa ham yurib o‘tishi mumkin edi, biroq unga kuchli shamol xalaqit qilgan. Volerining aytishicha sleklaynda katta muammo ob-havo hisoblanadi, shuning uchun bu sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun hech qachon ideal ob-havo bo‘lmaydi.

Foto: umitcoskun0644, bulentdurmus44 / Twitter

Sleklayn ikkita statsionar obekt orasida tortilgan tros orqali ehtiyot moslamasi yoki usiz yurib o‘tish bo‘yicha ekstremal sport turi hisoblanadi.

Foto: umitcoskun0644, bulentdurmus44 / Twitter
Top