09:13 / 19.05.2017
2859

Google’ning AQShdagi anjumanida yong‘in yuz berdi, jabrlanganlar bor

Foto: AP

Google’ning Kaliforniyadagi anjumanida yong‘in yuz berishi tufayli uch kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Hodisa Mauntin Vyuda 18 may kuni ro‘y bergan. Mahalliy o‘t o‘chirish xizmati vakili Linn Braunning so‘zlariga ko‘ra, uch kishi kasalxonaga olib ketilgan, ularning birida hayot uchun xavfli jarohatlar aniqlandi.

Google bayonotida aytilishicha, «kichik yong‘in» oshxonada yuz bergan, anjuman ishtirokchilaridan hech kim jabr ko‘rmagan. Kompaniyadan xabar berilishicha, jarohatlanganlarning barchasi tadbirga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar ekan.

Braunning so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar yong‘in sabablarini o‘rganishmoqda.

Mavzuga oid
Top