08:49 / 19.05.2017
5989

Xitoyda professional "smog degustatorlari" paydo bo‘ldi

Foto: Andy Wong / AP

Xitoyda "smog degustatorlari"ni ishga yollash boshlandi. Bu lavozimga hid sezish qobiliyati yaxshi rivojlangan kishilar ishga olinadi, chunki ularga mamlakatning turli hududlaridan yig‘ilgan havo namunalarini tahlil qilish va ifloslanish darajasi hamda buning manbalarini aniqlashlariga to‘g‘ri keladi.

Xitoyning "smog poytaxti" deb ataluvchi Shitszyachjuan shahri meriyasi vakilining ta'kidlashicha, texnologiyalar taraqqiy qilganiga qaramasdan, atmosfera ifloslanganligini tezkor aniqlash uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. "Shu sababli hid sezish qobiliyati yaxshi rivojlangan xodimlarni ishga olishga qaror qilindi", deb aytgan meriya vakili.  

Aytish joizki, bo‘lg‘usi "degustatorlar" maxsus malaka oshirish kurslaridan o‘tadilar. Ish vaqtida ularga o‘tkir ziravorli taomlar yeyish, atir-upalardan foydalanish taqiqlanadi. 

Avvalroq Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan mamlakat hukumati yaqin orada havo ifloslanishiga qarshi bir qator choralar qabul qilishini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top