15:37 / 19.05.2017
8334

Ko‘zi ojizlikni davolashga qodir dorivor tomchilar sinovdan o‘tkazildi

Foto: Nauka.me

Birminhem universiteti olimlari odamlarni og‘riqli inʼeksiyalarsiz ko‘zi ojizlikdan qutqarishi mumkin bo‘lgan noyob tomchilarni ishlab chiqishdi. Ko‘zi ojizlikni davolashning yangi usuli kalamush va sichqonlarda sinovdan o‘tkazildi. "Ortodoks" tibbiy portalida shu haqida xabar berildi. 

50 yoshdan keyin ko‘p kishilar sariq dog‘ degeneratsiyasidan aziyat chekishadi. Kasallik natijasida ko‘rish qobiliyati yomonlashadi va davolash muolajalari talab qilinadi. Bugungi kunda kasallikni faqat inʼeksiyalarni ko‘z ichiga yo‘llab davolash mumkin. Bu jarayon yoqimsiz va ancha og‘riqli kechadi.

Birmingem universiteti olimlari tomonidan ishlangan yangi ko‘z tomchilari sanoqli daqiqalarda ko‘z ichiga yo‘llanadi - bu vaqt jihatidan inʼeksiyalardan uzoqroq bo‘lishi mumkin, lekin ulardan ancha xavfsiz. 

Top