19:45 / 19.05.2017
14417

Lavrov AQShning Suriyaga bergan navbatdagi zarbasiga munosabat bildirdi

Foto: AP Photo / Hassan Ammar

AQSh koalitsiyasining Suriya hukumat kuchlariga bergan zarbasi noqonuniy bo‘lib, bu arab mamlakatining suverenitetini buzadi, dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA "Novosti" shu haqida xabar berdi

"AQSh qo‘mondonligi bunday zarba yo‘llashi uchun nima sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, bu noqonuniy bo‘lib, Suriya Arab Respublikasi suverenitetini yana bir bor qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi", - dedi u jurnalistlarga. 

Lavrovning aytishicha, AQSh Suriyaga bergan zarbasini "hukumat kuchlarining amerikaliklar boshqaruvchi koalitsiya harbiylari bilan hamkorlik qiluvchi muxolifatga tahdid tug‘dirgani" bilan oqlashga uringan. 

Shuningdek, vazir ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, bu zarba natijasida bir necha tinch fuqaro halok bo‘lganini ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva ro‘y bergan voqealar tafsilotlarini o‘rganib chiqmoqda.

"Biz yer va havoda IShID hamda "Jabhat an-Nusra" terrorchilariga qarshi bo‘lgan barcha kuchlarning birlashish zaruratiga oid tushunchaning farqlana boshlaganidan juda xavotirdamiz", - dedi Lavrov. 

Payshanba kuni AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya janubidagi At-Tanfa tumanidagi hukumat kuchlariga qarata aviazarba berdi. 

Suriya mudofaa vazirligi o‘z navbatida, mamlakat armiyasining cho‘lli hududdagi pozitsiyasiga hujum qilingani va bu "qurbonlar hamda moddiy zarar"ga olib kelganini ma'lum qildi.

Ta'kidlash joizki, AQSh va uning ittifoqdoshlari 2014 yildan buyon mamlakat rasmiy hukumatidan beruxsat Suriyada IShIDga qarshi operatsiyalarni amalga oshirib keladi. Vashingtonda shuningdek "Al-Qoida" terrorchi guruhiga qarshi zarbalar berilishi haqida ta'kidlashadi, biroq rasmiy relizlarda, qoidaga ko‘ra, faqat IShIDga berilgan zarbalar qayd etiladi. 

Mavzuga oid
Top