20:44 / 20.05.2017
24060

Haftalik tahlil: ariqdan suv ichayotgan odamlar, xalq ta'limidagi “yig‘-yig‘” epidemiyasi, vohaning ayanchli ot sporti

Kun.uz tahririyatiga kelib tushgan maktublar asosida hafta davomida turli muammoli maqolalar ko‘tarib chiqildi. Ularning mazmuni turlicha bo‘lsada, barchasida inson manfaati yotadi.

Kun.uz muxbirlari o‘tgan oyda Namangan viloyatida bo‘lgandi. Xususan, Namangan shahri “Go‘zal” massivi Mehnatobod mahallasi Bahoriston ko‘chasida yashovchi aholi vakillari bir necha yildan beri toza ichimlik suvi yo‘qligidan qiynalib kelayotganini xabar qilishgandi. Fuqarolardan biri aholi nomidan 4-5 marta mutasaddi rahbarlarga murojaat qilsa ham, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qabuliga ikki marotaba kirib ham ushbu muammoga yechim topa olmagan. Batafsil.

O‘zining mashhur chavandozlariyu, o‘ziga xos uchqur otlari bilan tanilib kelgan Qashqadaryoda bugungi kunda aynan ot sporti nega oqsab qolgan? Taniqli chavandozlariyu, o‘sha uchqur samanlari bilan bugun olimpiya sport turi hisoblanmish ot sportidan chavandozlarimiz dunyoga chiqib, o‘z kuchlarini namoyon etishga hafsalami, qiziqishmi yoki imkoniyat yetishmayapti? Yoki chavandozlar boshini bir joyga qovushtirib, hamkorlikda ish olib borishga hech kimda xohish yo‘qmi. Shu kabi savollarga javob topish maqsadida izlanishlar, surishtiruvlar olib borildi

«Toshkentgazta'minot» unitar korxonasining Qibray tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro Yekaterina Konovaltsovaning xonadoniga o‘tkazilgan tabiiy gaz ta'minoti bilan bog‘liq tovlamachiliklar aks etgan maqola e'lon qilindi.

Kun. uz tahririyatiga kelib tushayotgan aksari murojaatlar xalq ta'limi, aniqroq aytadigan bo‘lsak o‘qituvchilar hayoti, ularning ish jarayonlarida uchrayotgan muammolar va shu sohaga oid boshqa masalalarga bag‘ishlangan. Biz murojaatlarni imkon doirasida o‘rgandik, tegishli idoralar, vazirliklar bilan bog‘landik hamda bularning barini maqola ko‘rinishida saytimiz orqali e'lon qilib bordik. Ammo bu sohada qanchalik yangilik qilinmasin, zamonaviy islohotlar o‘tkazilmasin, hamon eskicha qarash, vaziyatga, jarayonga eskicha yondashish kabi holatlar ko‘zga tashlanyapti.

Keyingi vaqtlarda internet jurnalistikasida dolzarb mavzuga aylangan o‘qituvchilarning qo‘shimcha ishlarga majburiy jalb etilishi muammosiga matbuotda ham e'tibor qaratildi. «Oila davrasida» gazetasining 2017 yil 18 may sonida «Matematika» metallom yig‘ishga, «Adabiyot» ko‘cha tozalashga... Yoxud o‘qituvchini zimmasiga kirmaydigan yumushlarga kim majburlamoqda?» sarlavhali maqola chop qilindi.

Yana Namangan mavzusi. Aholining toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo bu gal viloyatning To‘raqo‘rg‘on tumani, “Baxt” mahallasida uchradi. “Hayrat va holat: Odamlar qachongacha ariqdan suv ichadi?” maqolasi shunga bag‘ishlandi.

Aholining birlamchi ehtiyoji bo‘lmish toza ichimlik suvi masalasi anchayin ko‘payib qolgan shekilli bu mavzu yuzasidan so‘nggi kunlarda saytimiz orqali ko‘plab materiallar e'lon qilib bordik. Haqiqatan ham so‘nggi yillarda bu muammo Respublikaning juda ko‘plab hududida to‘planib qolgan ekan. Gapni ko‘p qilmaylikda, e'tiboringizni “Kun” pochtasiga kelgan quyidagi maktubga qaratdik.

Bundan tashqari

Namanganda farzandlari uchun yer so‘ragan nogiron otaxonning muammosi hal etildi

Top