09:27 / 20.05.2017
4859

Bag‘dod shahri chekkalarida 2ta portlash sodir etildi. Qurbonlar bor

Iroq poytaxti Bag‘dod shahri chekkalarida sodir etilgan ikki portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. RIA Novosti agentligi xabariga ko‘ra, yana 20 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda mahalliy politsiya mahkamasi ma'lum qilgan. 

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ikkita avtomobilga o‘rnatilgan bomba portlatilgan. Halok bo‘lganlarning 4 nafari politsiya ofitseri ekani aytilmoqda.
 
Ma'lumotlarga qaraganda, hujum politsiya mahkamasi yaqinida amalga oshirilgan. 

Hozircha, mazkur xunrezlik uchun javobgarlikni hech qaysi guruh zimmasiga olmagan.

Mavzuga oid
Top