13:05 / 20.05.2017
4469

Eron prezidentligi uchun saylovlarda hamon Ruhoniy yetakchilik qilmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat prezidenti uchun saylovlarda yetakchilik qilishda davom etmoqda. Bu haqda IRNA Eron IIVga asosan xabar berdi.

38,9 mln. ovozni hisob-kitob qilish yakuniga ko‘ra, Ruhoniy 22,7 mln. ovoz olgan. Shu bilan birga, uning eng jiddiy raqibi – Eron sobiq bosh prokurori Ibrohim Raisiy – 15,4 mln. ovoz to‘plagan.

Qolgan nomzodlar bir milliondan kamroq ovoz olishgan: sobiq madaniyat vaziri Mustafo Og‘a Mirsalim - 455,211 ming, sobiq sanoat vaziri Mustafo Hoshimiy Taba esa - 210,597 ming ovoz.

Avvalroq Reuters agentligi ham Ruhoniy saylovlarda yetakchilik qilayotganini xabar bergandi.

2013 yilda Ruhoniy 50,68 foiz ovoz to‘plagan. O‘shanda u saylovlarning birinchi turidayoq kerakli ovozni to‘plab, g‘alaba qozongandi.

Top