18:22 / 20.05.2017
5116

Xitoyda ikki millionga yaqin zararli mobil dasturi aniqlandi

Foto: RIA "Novosti"

2016 yilda xitoylik mutaxassislar tomonidan mobil qurilmalarga hujum qilish maqsadida yaratilgan taxminan ikki millionta zararli dastur aniqlandi. Bu 2015 yilgi ko‘rsatkichlardan 39 foizga ko‘p, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi Xitoyning kibertahdidlarga qarshi kurash markazi hisobotiga asosan. 

Markaz katta muhandisi Xe Nentsyanning xabar berishicha, 2016 yilda Xitoyda 2,3 milliard mobil qurilma bo‘lgan, shu bilan birga, ularning 1,9 milliardi Android dasturiy tizimida ishlaydi, IOS’da ishlovchi qurilmalar soni esa faqatgina 310 millionni tashkil etdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hujumlarning 99 foizi aynan Android tizimi foydalanuvchilariga qarshi amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
Top