18:04 / 20.05.2017
5345

Ikardi 4 yil o‘tib, Argentina terma jamoasiga qayta chaqirildi, Aguero yo‘q

Argentina futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti Braziliya (9 iyun, Melburn) va Singapur (13 iyun, Singapur) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun tarkiblarni e'lon qildi.

Tarkibdan 20 nafar futbolchi o‘rin olgan bo‘lib, ularinng ichida «Inter» hujumchisi Mauro Ikardi ham bor.

24 yoshli forvard «albiseleste» tarkibida faqat bitta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, u ham 2013 yilning oktabrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kuzatilgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lionel Messining ta'siri sabab Mauro Ikardi terma jamoaga taklif etilmasligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eng qizig‘i bu safargi tarkibdan Messining eng yaqin do‘sti sifatida qaraladigan Serxio Aguero kiritilmagan.

Argentina terma jamoasining to‘liq tarkibi qo‘yidagicha:

Darvozabonlar: Serxio Romero («Manchester Yunayted»), Nauel Gusman («UANL Tigres»), Xeronimo Ruli («Real Sosedad»);
Futbolchilar: Nikolas Otamendi («Manchester Siti»), Xaver Maskerano («Barselona»), Emanuel Mammana («Lion»), Gabriel Merkado («Sevilya»), Eduardo Salvio («Benfika»), Lukas Bilya («Latsio»), Gido Rodriges («Tixuana»), Leonardo Paredes («Roma»), Ever Banega («Inter»), Manuel Lansini («Vest Hem Yunayted»), Anxel Di Mariya («PSJ»), Alexandro Gomes («Atalanta»), Xoakin Korrea («Sevilya»), Paulo Dibala («Yuventus»), Mauro Ikardi («Inter»), Gonsalo Higuain («Yuventus»), Lionel Messi («Barselona»).

Mavzuga oid
Top