09:08 / 20.05.2017
8540

Oq uy huquqshunoslari Trampning ehtimoliy impichmentiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda

Foto: via Getty.

Oq uy huquqshunoslari AQSh prezidenti Donald Tramp unga nisbatan ehtimoliy impichment e'lon qilinishiga qarshi kurasha olishi uchun impichment imkoniyatlarini o‘rganishni boshlashdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. 

Shu bilan birga Oq uy vakillari impichment e'lon qilinish imkoniyati past, deb hisoblashmoqda. Bu fikr respublikachilar orasida ham, demokratlar orasida ham bildirilgan.  

Telekanal bergan ma'lumotlarga ko‘ra, huquqshunoslar o‘tgan haftada impichment bo‘yicha mutaxassislar bilan maslahatlashishni va jarayonning ishlash mexanizmlari haqida ma'lumot to‘play boshlashgan.

Trampning lavozimidan chetlatilishi haqidagi fikrlar u bilan bog‘liq mojarolar sababli anchadan beri OAVda yoritilmoqda. 

Top