08:19 / 20.05.2017
9106

Pentagonda Suriyaga yangi zarba bermaslik sharti ma'lum qilindi

Foto: REUTERS/Yuri Gripas

Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriya hukumati qo‘llab-quvvatlayotgan kuchlarga zarba bermaslik shartini ilgari surdi. Unga ko‘ra, mintaqadagi Amerika qo‘shinlariga tahdid bo‘lmasa, zarba berilmaydi. AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Jozef Danford shunday bayonot berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

"Agar bizning kuchlarga tahdid bo‘lmasa, bu kabi zarbalar takror yuz bermasligi majburiyatini zimmamga olaman", — degan Danford. Bundan avval, AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriya hukumatiga yonbosuvchi ko‘ngillilarga At-Tanfa hududida zarba bergani xabar qilingan edi.

Top