21:42 / 21.05.2017
5704

A Seriya. «Milan» «Bolonya»ni yengib, yevrokuboklarga qaytdi

21 may kuni Italiya chempionatida 37-tur o‘yinlari davom etdi.

«Milan» o‘z maydonida «Bolonya» klubini qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. «San-Siro — Djuzeppe Meatstsa» stadionida kechgan uchrashuvda urilgan gollarga Xerard Deulofeu, Keysuke Xonda va Janluka Lapadula mualliflik qilishdi.

Bu g‘alaba milanliklarning 5 uchrashuvdan iborat g‘alabasiz seriyasiga yakun yasadi va ochkolari sonini 63taga yetkazdi. Yettinchi o‘rindagi «Fiorentina» 4 ochkoga ortda qoldirildi, «Bolonya» 41 ochko bilan 15-o‘rinda.

Natijada jamoa so‘nggi tur o‘yinlaridan qat'i nazar, 6-o‘rinni naqd qildi va Yevropa Ligasi saralashiga yo‘llanma oldi.

«Milan» 2013/14 yilgi mavsumda yevrokubokda ishtirok etgandi.

A seriya 37-tur

Milan – Bolonya 3:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 69 Deulofeu, 2:0 – 73 Xonda, 3:0 – 90 Lapadula. 
Milan – Donnarumma, Gomes, Romanoli, Paletta, Vandjoni, Montolivo, Bertolachchi (Fernandes, 46), Pashalich, Deulofeu (Kutrone, 85), Bakka (Xonda, 58), Lapadula.
Bolonya – Mirante, Xelander, Mbayye (Kraft, 64), Torosidis, Gastaldello, Taider, Donsa, Kreychi (Ritstso, 56), Verdi, Destro, Di Franchesko (Okvonkvo, 15).
Ogohlantirishlar: Xelander (6), Deulofeu (70), Gastaldello (72), Kutrone (90).

Jyenoa – Torino 2:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 32 Rigoni, 2:0 – 54 Simeone, 2:1 – 89 Lyayich. 
Jyenoa – Lamanna, Biraski (Ntcham, 77), Burdisso, Xentiletti, Kofi, Lazovich, Velozu, Laksalt, Rigoni (Munos, 63), Palladino, Simeone (Pandev, 60).
Torino – Xart, Rossettini, Avelar, de Silvestri, Moretti, Akkua (Lopes, 61), Bazelli (Lukich, 18), Iturbe (Yago Falke, 68), Lyayich, Boyye, Belotti.
Ogohlantirishlar: Rigoni (3), Rossettini (10), Akkua (36), Lukich (45), Velozu (49), Lyayich (49), Boyye (80).

Sassuolo – Kalyari 6:2 (4:1)
Gollar: 1:0 – 7 Manyanelli, 2:0 – 12 Berardi, 3:0 – 13 Politano, 3:1 – 25 Sau, 4:1 – 34 Sensi, 5:1 – 56, penalti Yyemmello, 5:2 – 60 Ionitse, 6:2 – 90 Matri. 
Sassuolo – Konsili, Acherbi, Antey, Peluzo, Lirola, Akvilani (Bondini, 75), Manyanelli, Berardi, Sensi, Politano (Raguza, 84), Yyemmello (Matri, 66).
Kalyari – Bittenkur, Alvesh, Pizakane, Murru, Isla, Joao Pedro (Xan Kvan Son, 74), Taxtsidis, Padoin (Ionitse, 46), Farias, Sau, Borrello (Farago, 61).
Ogohlantirishlar: Pizakane (31), Peluzo (36), Alvesh (54), Borrello (55), Isla (72), Sau (85).

Udineze – Sampdoriya 1:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 5 Tereo, 1:1 – 64, penalti Muriel. 
Udineze – Skuffet, Felipe, Andjyella, Larangeyra, Silva, de Paul, Yankto, Xadlvredsson (Evandro, 90), Balich (Agemang-Badu, 60), Sapata, Tereo (Rider Matos, 61).
Sampdoriya – Pudjoni, Pavlovich, Silvestre, Shkrinyar, Torreyra, Sala, Barreto (Budimir, 82), Djurichich (Fernandesh, 54), Prat (Linetti, 77), Shik, Muriel.
Ogohlantirishlar: Torreyra (30), Sala (56), Yankto (90).
Chetlatishlar: de Paul (47), Larangeyra (65), Muriel (65).

Empoli – Atalanta 0:1 (0:1)
Gol: 0:1 – 13 Gomes. 
Empoli – Skorupski, Bellushi, Paskual, Lorini, Kosta, Byuxel (El-Xadji, 34), Krunich (Dimarko, 51), El-Kadduri, Kroche, Puchcharelli (Tyam, 66), Makkarone.
Atalanta – Gollini, Toloi, Kaldara, Masello, Kessie (Grassi, 71), Kurtich, Spinatstsola (Xatebur, 84), Gomes, Froyler, Konti, Petanya (Paloski, 78).
Ogohlantirishlar: Paskual (24), Konti (24), Byuxel (28), Masello (39), El-Kadduri (70).

Top