21:27 / 21.05.2017
8044

APLda oxirgi tur gollarga boy bo‘ldi. «Tottenhem» va «Chelsi» jami 12ta gol urdi

Foto: twitter.com/@Squawka

Bugun Angliya chempionatida 38-tur o‘tkazildi. Turning barcha uchrashuvlari bir vaqtda boshlandi.

«Hall Siti» o‘z maydonida «Tottenhem Hotspur»ni qabul qildi. «Kingston Kommunikeyshn» stadionida kechgan uchrashuvda londonliklar jamoasi ligani muddatidan avval tark etib bo‘lgan jamoa darvozasiga yettita gol urishdi - 7:1.

«Shpor»lar safida Harri Keyn uchta gol urdi, shuningdek Dele Alli, Viktor Vanyama, Ben Devis va Tobi Alderveyreld bittadan golga mualliflik qilishdi. «Hall»ning yagona goliga Sem Klukas muallif bo‘ldi.

«Chelsi» esa ligani tark etgan boshqa bir jamoa «Sanderlend»ni yirik hisobda mag‘lub etdi - 5:1). O‘yinda Mishi Batshuayi ikkita gol urdi, bu uning oxirgi uchinchi uchrashuvdagi uchinchi va to‘rtinchi gollari bo‘ldi. Konte shogirdlari mavsumda 30 g‘alaba qayd etdi, bu esa APL tarixidagi rekord natija hisoblanadi.

 «Lester Siti» «Bornmut» bilan durang o‘ynadi (1:1), «Byornli» «Vest Hem Yunayted»ga yutqazdi (1:2), «Sauthempton» «Stok Siti»ga o‘z maydonida kechgan o‘yinni boy berdi (0:1), «Manchester Yunayted» ahamiyatsiz uchrashuvda «Kristal Pelas»ni 2:0 hisobida taslim qildi, «Suonsi Siti» esa «Vest Bromvich»ni yengdi (2:1).

Angliya premer-ligasi, 38-tur

Chelsi – Sanderlend 5:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 3 Mankilo, 1:1 – 8 Villian, 2:1 – 61 Azar, 3:1 – 77 Pedro, 4:1 – 90 Batshuayi, 5:1 – 90 Batshuayi.
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Terri (Keyxill, 28), Alonso, Aspilikueta, Fabregas, Mozes, Villian, Kante, Azar (Pedro, 71), Diyego Kosta (Batshuayi, 62).
Sanderlend – Pikford, O′Shi, Leskott, Ovedo, Jons, Yanuzay (Guch, 62), Larsson, Kettermoul (Gibson, 88), Roduell, Mankilo, Borini.
Ogohlantirishlar: Diyego Kosta (38), Jons (48).

Hall – Tottenhem 1:7 (0:3)
Gollar: 0:1 – 11 Keyn, 0:2 – 13 Keyn, 0:3 – 45 Alli, 1:3 – 66 Klukas, 1:4 – 69 Vanyama, 1:5 – 72 Keyn, 1:6 – 84 Devis, 1:7 – 87 Alderveyreld.
Hall – Marshall, Elabdellaui, Douson, Devis (Grositski, 46), Taymon (Robertson, 73), Ndiayye, Xaddlstoun, Klukas, Ranokkiya, Nyasse, Bouen (Al-Muxammadi, 72).
Tottenhem – Loris, Devis, Tripper, Alderveyreld, Vertongen, Eriksen, Vanyama, Dayyer (Dembele, 73), Alli (Sissoko, 73), Keyn (Yanssen, 79), Son Xin Min.

Lester – Bornmut 1:1 (0:1)
Gollar: 0:1 – 1 Stanislas, 1:1 – 51 Vardi.
Lester – Shmeyxel, Benaluan (Amarti, 59), Chiluell, Fuks, Simpson, Olbrayton (Grey, 73), Ndidi, King, Marez, Vardi, Slimani.
Bornmut – Olsop, Kuk, Deniels, Smit, Frensis, Pyu (Ayb, 63), Serman, Freyzer (Worthington, 74), Gosling, Stanislas, Musse (Afobe, 62).
Ogohlantirishlar: Benaluan (45), Simpson (57), Frensis (75), Marez (84), Chiluell (90).

Suonsi – Vest Bromvich 2:1 (0:1)
Gollar: 0:1 – 33 Evans, 1:1 – 72 Ayyu, 2:1 – 86 Lorente.
Suonsi – Nordfeldt, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Fer (Ki Son Yen, 81), Britton (Narsinx, 66), Sigurdsson, Kerroll, Lorente, Ayyu (Kingsli, 90).
Vest Bromvich – Foster, Douson, Uilson (Leko, 90), Nom, Evans, Fletcher, Yakob, Livermor (Makkleyn, 79), Morrison (Robson-Kanu, 84), Brant, Rondon.
Ogohlantirishlar: Uilson (51), Fernandes (90).

Byornli – Vest Hem 1:2 (1:1)
Gollar: 1:0 – 23 Vouks, 1:1 – 27 Feguli, 1:2 – 72 Ayyu.
Byornli – Xiton, Long, Tarkovski, Uord, Louton, Arfild, Breydi (Gudmundsson, 67), Xendrik, Vestvud (Defur, 78), Vouks, Grey (Barns, 78).
Vest Hem – Adrian, Ogbonna, Fonte, Kollinz, Kressuell, Snodgrass (Fletcher, 84), Lansini, Feguli, Fernandesh (Rays, 90), Ayyu, Bayrem.
Ogohlantirishlar: Kollinz (17), Vestvud (26), Lansini (42), Gudmundsson (86).

Sauthempton – Stok Siti 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 – 60 Krauch.
Sauthempton – Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Devis, Romeu, Uord-Prouz (Pe, 86), Tadich (Bufal, 65), Redmond, Ostin (Gabbyadini, 65).
Stok Siti – Batlend, Shoukross, Piters, Kemeron, Martins Indi, Shakiri (Munesa, 90), Uelan, Allen, Sobxi, Krauch, Diuf (Uolters, 70).
Ogohlantirishlar: Allen (53), Uelan (63), Sobxi (67), Bufal (70), Shakiri (90), Stivens (90).

Manchester Yunayted – Kristal Pelas 2:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 15 Xarrop, 2:0 – 19 Pogba.
Manchester Yunayted – Kashtru, Tuanzebe, Bayi, Djons, Mitchell, Maktomini, Fosu-Mensa, Lingard (Marsyal, 45), Pogba (Kerrik, 45), Xarrop, Runi (Gomes, 88).
Kristal Pelas – Xennessi, Uord, van Anxolt (Kaykay, 67), Tomkins, Kelli, Milivoyevich, Panchon, Makartur (Sako, 61), Zaa (Kempbell, 79), Shlupp, Benteke.
Ogohlantirishlar: Maktomini (48), Kerrik (74).

Top