01:17 / 21.05.2017
13548

Xokkey, JCh-2017: Finalda ishtirok etuvchi jamoalar aniqlandi

Foto: Aleksandr Safonov, «Chempionat»

Xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasi 2017 yilgi jahon chempionati yarim finalida hisobda 2 shayba farq bilan oldinda bora turib, Kanada terma jamoasiga yengildi. Uchrashuv 2:4 hisobida yakunlandi. Kanadaliklar musobaqaning finaliga yo‘l oldilar. Rossiya esa 3-o‘rin uchun kurash olib boradi.

2-bo‘limda rossiyaliklar Yevgeniy Kuznetsov va Nikita Gusevning shaybalari hisobiga 2:0 hisobida oldinga chiqib oldilar. 

Kanadaliklar 3-bo‘lim boshida ko‘pchilik bo‘lganlaridan unumli foydalanib, Mark Shayflining shaybasi evaziga hisobdagi farqni kamaytirdilar. Uchrashuvning oxirgi 5 daqiqasi hal qiluvchi onlar bo‘ldi – Kanada Natan Makkinnon va Rayan O`Raylli shaybalari evaziga hisobda oldinga chiqib, uchrashuvni o‘z foydasiga bura oldi. Kanadaliklarning oxirgi shaybasini bo‘sh darvozaga Shon Kutyure kiritdi. 

Jahon chempionati, 2017 

Kanada – Rossiya - 4 : 2 (0:0, 0:2, 4:0)

Shaybalar: 0:1, Kuznetsov (Panarin, Kucherov), 32:16 (5x5); 0:2, Gusev (Shipachyov, Panarin), 34:50 (5x4); 1:2 – Shayfli (Makkinnon, Pareyko), 40:17 (5x4); 2:2, Makkinnon (Konechni), 55:07 (5x5); 3:2, O'Raylli (Metison), 56:58 (5x5); 4:2, Kutyure (O'Raylli, Pareyko) – 58:53 (en).

Ikkinchi yarim finalda Shvetsiya Finlyandiyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shaybalarni shvedlardan Aleksander Edler, Jonu Klingberg, Vilyam Nyulander va Yuakim Nordstryom kiritdilar. Finlyandiyadan bir javob shaybasini Yoonas Kemppaynen kiritdi. 

Shvetsiya – Finlyandiya – 4 : 1 (1:1, 2:0, 1:0)

Shaybalar: 1:0, Edler (Bekstryom), 01:49 (5x5); 1:1, Kemppaynen (Aaltonen), 04:45 (5x5); 2:1, Klingberg (Ekman-Larsson, Nyulander), 24:36 (5x4); 3:1, Nyulander (Bekstryom) , 35:42 (5x4); 4:1, Nordstryom (Kryuger), 53:52 (5x5)

Shu tariqa musobaqaning finalida Kanada va Shvetsiya uchrashadigan bo‘ldi. 3-o‘rin uchun Rossiya va Finlyandiya kurashadi. Final bahsi 21 may kuni Kyolnda Toshkent vaqti bilan soat 23:45da, 3-o‘rin uchun uchrashuv esa Toshkent vaqti bilan soat 19:45da boshlanadi.

Mavzuga oid
Top