11:55 / 21.05.2017
7359

Mey Bryussel Buyuk Britaniyaga milliardlab pullar to‘lashi kerak deb hisoblamoqda 

Foto: Telegraph

Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Bryussel Buyuk Britaniyaning Yevropa investitsion bankidagi aksiyalari uchun uning mamlakatiga milliardlab funt sterling to‘lashi kerak, deb hisoblamoqda. Bu haqda Telegraph nashri xabar bermoqda

Meyning fikricha, Buyuk Britaniya Brexit bo‘yicha muzokaralar vaqtidagi majburiyatlar bilan bir xilda ko‘rilishi kerak bo‘lgan moliyaviy huquqlarga ega. "Birlashgan Qirollikda qanday majburiyatlar bo‘lishi kerakligi yoki avval to‘langan pullar hisobga olinganda bizda qanday huquqlar bo‘lishi mumkinligi haqida ko‘p gaplar bo‘lmoqda. Biz huquqlarimiz ham, majburiyatlarimiz ham inobatga olinishini aniq ko‘rsatmoqdamiz", deb aytgan Mey nashrga bergan intervyusida. 

Mey Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan bir nechta yirik qo‘shma moliyaviy va investitsion loyihalarda ishtirok etayotganini eslatib o‘tdi. "Investitsion bank, investitsion jamg‘arma, yana boshqa sohalar bor. Siz bilganingizdek, bu muzokaralarning muhim qismi bo‘ladi", deb yakunlagan o‘z fikrlarini Mey.

Nashrning ta'kidlashicha, Mey Yevropa investitsion bankidagi ulushni saqlab qolish haqidagi istagini ilk bor eslatib o‘tdi. Qirollik hukumatidagi manbaning ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyaning bankdagi ulushi taxminan 10 mlrd yevroga baholanadi. 

Avvalroq OAVda Yevropa Ittifoqi Brexit jarayonida Buyuk Britaniyadan avvalroq London o‘z zimmasiga olgan turli majburiyatlar bo‘yicha 100 mlrd yevroga yaqin to‘lovlarni talab qilishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top