09:02 / 21.05.2017
13574

Trampning Isroilga kelishiga misli ko‘rilmagan xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda

Foto: EPA

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilga tashrifi vaqtida portlashlar va zaharli gazlardan himoyalangan mehmonxona nomeriga joylashtiriladi. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning King David mehmonxonasidagi nomeri shunday qurilganki, butun bino qulaganda ham xona beshikast qoladi, undagi odamlar esa kichik jarohatlar oladilar.

Mehmonxona boshqaruvchisi Sheldon Rittsning aytishicha, xona AQSh prezidentini gaz hujumidan himoyalaydigan maxsus ventilyatsiya bilan jihozlangan.

Trampni qo‘riqlashda infraqizil kameralarga ega havo sharlari va portlovchi moddalarni qidirishga mo‘ljallangan robotlar qo‘llanadi.

Tramp va uning atrofidagilar uchun oziq-ovqat mahsulotlari amerikalik va isroillik mutaxassislar tomondan tekshiriladi. Tramp korteji xavfsizligini esa 10 mingdan ko‘proq politsiyachi ta'minlaydi.

Mavzuga oid
Top