18:46 / 21.05.2017
7717

JSST o‘z xodimlari safarlariga bezgak va OITSga qarshi kurashdan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflaydi

Foto : Wikipedia/Yann Forget

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) har yili o‘z xodimlarining safarlari uchun bezgak, sil va OITSga qarshi kurashdan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflaydi, deb xabar bermoqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, JSSTning xodimlari xizmat safarlari bilan bog‘liq bir yillik xarajatlari 201 mln dollarni tashkil qiladi, bu esa bir qator kasalliklarga qarshi kurash dasturini moliyalashtirish xarajatlaridan ko‘proqni tashkil qiladi. Tashkilot OITSga qarshi kurashga 71 mln, bezgakka qarshi – 61 mln, silga qarshi kurashga 59 mln dollar sarflaydi.   

Ma'lum qilinishicha, JSST xodimlari birinchi sinf bilan parvoz qilib va besh yulduzli mehmonxonalarda xonalarni bronlab ko‘pincha qoidalarni buzadilar. Bunga misol sifatida tashkilotning bosh direktori Margaret Chan xizmat safari keltirildi. Chan Ebola virusiga qarshi kurash bilan bog‘liq Afrikaga safarida bir tun uchun 90 yevrolik prezident xonasida turgan. Umumiy holda Chan bir yil davomida safarlar uchun 370 ming dollar sarflagan.

"JSST faoliyati uning xodimlarining safarlarini nazarda tutadi", deb aytildi tashkilot bayonotida. Bayonotda aytilishicha, joriy yilda safarlarga xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 14 foizga qisqargan. Axborot agentligining ma'lum qilishicha, o‘tgan yil tashkilot xodimlari safarlarining ko‘p miqdorda bo‘lishi Ebola epidemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top