17:15 / 22.05.2017
9152

Bektemir tumanida nasha ekilgan hovli aniqlandi

Foto: Depositphotos

2017 yilning 18 may kuni, taxminan soat 10:50 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2017” tadbiri davomida Bektemir tumani Obod yer ko‘chasi 88-dala hovlisida fuqaro Aleksandr Ignatevich Buchkovskiy qonunga xilof ravishda 13 tup “nasha” giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.  
              
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.I.Buchkovskiyga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Buchkovskiyni boshqa jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Top