17:07 / 22.05.2017
5381
Chortoqda davlat mablag‘ini talon-toroj qilgan mahalla raisi va kotibi javobgarlikka tortildi
Foto: weather-forecast.com

Qahhor Ermatov va Nosir Quvonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Chortoq tumanidagi MFYlardan birida rais va kotib bo‘lib ishlashardi, deb yozadi “Huquq” gazetasi. 

Ularda bilim yetishmadimi yoki boshqa sabab bormidi, mansabdor shaxs bo‘la turib, respublikamizdagi kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam ta'minlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga zid ravishda, 8 ta holatda 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga 3 mln. 738 ming so‘m, 5 ta holatda esa 2 yoshgacha bola tarbiyasi bilan band bo‘lgan, ishlamayotgan onalarga 5 mln. 423 ming so‘m nafaqa puli noqonuniy to‘lab yuborilishiga sababchi bo‘lishdi. Natijada 2015 yil avgust oyidan 2016 yilning mart oyigacha bo‘lgan davrda jami 9 mln. 160 ming so‘m byudjyet mablag‘i rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan. 

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, rais bilan kotib sud hukmi bilan javobgarlikka tortildi.

Top