10:40 / 22.05.2017
70978

Foto: Shavkat Mirziyoyev sammitda markaziy osiyolik prezidentlar davrasida

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi.

Prezident islom dunyosi mamlakatlari va AQSh rahbarlarining birinchi sammitida qatnashish uchun tashrif buyurgan 50ta mamlakat yetakchilari bilan tushlikda bo‘ldi.

Sammit doirasida u Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev hamda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashgan.

Shavkat Mirziyoyev shuningdek Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad ibn Noyif ibn Abdulaziz as-Saud bilan ham uchrashgan.

Top