08:54 / 22.05.2017
14982

MDHning HHH tizimlari zarurat paydo bo‘lsa kuchaytirilishi mumkin

Foto: RIA

Yagona mintaqaviy tizimlarni barpo qilish MDH yagona havo hujumidan himoya tizimlarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi hamda HHHni ma'lum bir geosiyosiy yo‘nalishda kuchaytirish imkonini beradi. MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi rahbari, Rossiya havo-kosmik kuchlari bosh qo‘mondoni Viktor Bondarev shunday fikrni bildirdi.

Birlashgan HHH MDHning birinchi va yagona mudofaa tizimi bo‘lib qolmoqda.
 
"Yagona mintaqaviy tizimlarni tashkil etish, bir tomondan, MDH HHH mudofaa kuchlarinini rivojlantirishga asos bo‘lsa, ikkinchi tomondan ma'lum bir geosiyosiy yo‘nalishda kuchaytirish imkonini beradi", — degan Bondarev "Krasnaya zvezda" gazetasiga bergan intervyusida. 

Uning ma'lum qilishicha, mazkur sohadagi navbatdagi choralar MDH HHH birlashgan tizimini moslashtirishning asosiy yo‘nalishlariga muvofiq ravishda havo-kosmik mudofaa vazifalarini hal etish maqsadida ko‘riladi. "Yaqin orada mazkur hujjat loyihasi belgilangan tartibda MDH davlat rahbarlari Kengashi muhokamasiga kiritiladi", — degan general.

Rossiya HKK bosh qo‘mondonining so‘zlariga ko‘ra, "mavjud kuchlar tarkibi va vositalari HHH vazifalarini ado etish bo‘yicha yetarlidir, ammo zarurat paydo bo‘lganida ularning soni kengaytirilishi mumkin". 

Generalning aniqlik kiritishicha, "bugungi kunda MDH HHH birlashgan kuchlariga 19ta aviatsiya qismi, 38ta zenit-raketa qo‘shinlari, 15ta radiotexnik qo‘shinlar qismlari, 9ta HHH brigadasi, 3ta radioelektron kurash harbiy qismlari kiradi". 

MDH HHH birlashgan tizimi 1995 yil 10 fevral kuni hamdo‘stlikning 10 mamlakati tomonidan Olmaotada imzolangan kelishuv asosida tashkil etilgan edi. Kelishuv muddatsiz bo‘lib, MDH havo kengliklarini mudofaa qilish konsepsiyasidagi bandlar bilan hamfikr bo‘lgan har qanday davlat qo‘shilishi mumkin. Hozirda, uning tarkibiga O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va  Tojikiston kiradi. 

Mavzuga oid
Top