16:17 / 22.05.2017
9974

Nima uchun muntazam bilim olish ko‘p narsani bilishdan foydaliroq?

Foto: Layfxaker

Microsoft korporatsiyasining bosh ijrochi direktori Satya Nadella psixolog Kerol Dvekning "Muvaffaqiyatning yangi psixologiyasi. O‘yla va g‘olib bo‘l" kitobi unga qanday ilhom baxsh etgani haqida so‘zlab berdi. 

"Men bu kitobni o‘qiganimda biznes haqida emas, o‘z farzandlarimning ta'lim olishi haqida o‘yladim, - deydi Nadella. - Muallif maktabdagi o‘quvchilarni misol qilib keltiradi. Ulardan biri - "bilag‘on", boshqasi esa har qanday yangi bilimni o‘zlashtirishga tayyor. Muntazam bilim oluvchi inson avvaldan qobiliyatliroq bo‘lgan "bilag‘on"dan ko‘proq muvaffaqiyatga erishadi. O‘ylashimcha, bu nafaqat maktab o‘quvchilari, balki rahbarlar va butun bir tashkilotlarga ham taalluqlidir".

Bu maslahat har qanday sohada ish beradi. Uni bor-yo‘g‘i bir gapgacha umumlashtirish mumkin.

Barchasini biluvchi emas, doimiy bilim oluvchi bo‘ling.

Sizning hamma narsani bilishingizga bo‘lgan ishonch boshqalarga nisbatan haqoratdek tuyuladi. U endi siz hech narsani o‘rganmasangiz ham bo‘ladi, deb o‘ylashga majbur qilishi mumkin. Bu esa, sizning karerangiz, shaxs sifatida o‘sishingizga ziyon yetkazishi mumkin. Shu bois doim yangi bilimlarga intilishingiz va hayotda nimanidir bilmasligingizni tan olishga tayyor turishingiz kerak. 

Top