19:22 / 22.05.2017
4729

Skoda elektr sportkari yaratmoqchi

Foto: Motor.ru

Skoda kompaniyasi elektr sportkari yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Auto Express kompaniyaning yangi ishlanmalar va tadqiqotlar bo‘limi rahbari Kristiana Shtrubega asosan xabar berdi. Aytilishicha, yangi sportkar uchun ilhom manbai sifatida 110 R Coupe klassik modeli asos bo‘lib xizmat qiladi.

110 R Coupe modeli 1970 yillarda ishlab chiqarilgan. U orqa uzatmali va orqa motorli avtomobil bo‘lgan bo‘lib, 1,1 litrli, quvvati taxminan 60 ot kuchiga ega “to‘rttalik” bilan jihozlangan. Zamonaviy modelda ham elektromotor orqa o‘qda o‘rnatilishi mumkinligi aytilmoqda.

Kutilishicha, yangilik Skoda beshta elektrokari oilasiga kiradi, ular 2025 yilga qadar bozorga chiqishi lozim. Taxminlarga ko‘ra, ilk shunday mashinaga Citigo (2019 yilda namoyish etiladi) kompakt-karning elektr nusxasi aylanadi. Shundan so‘ng Vision E prototipi seriyali varianti chiqadi, keyin esa yangi yo‘ltanlamas va eng oxirgi bo‘lib – sportkar taqdim etiladi.

«Shkoda» elektrokarlari 500 kilometr masofaga qadar yurishiga umid qilmoqda.

Mavzuga oid
Top