14:58 / 22.05.2017
12893

Tramp Isroilga keldi

Foto: Reuters

AQSh yetakchisi Donald Tramp prezident sifatidagi ilk rasmiy tashrif bilan Isroilga keldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

20 may kuni Tramp Saudiya Arabistoniga kelgandi. Tashrif davomida Vashington va Ar-Riyod qiymati 110 milliard dollarlik mudofaa shartnomalarini imzolashdi.

Bundan tashqari, Tramp xorijiy turne davomida Vatikanga borishni, Bryusseldagi NATO yig‘ilishida qatnashishni va Sitsiliyada “Katta yettilik” davlatlari yetakchilari bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Tramp Isroil va Falastinga tinchlik keltirish maqsadida bormoqda

Mavzuga oid
Top