09:27 / 23.05.2017
4582

AQShda ukrainalik xaker 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: Depositphotos

Internetda firibgarlik amalga oshirish maqsadida til biriktirishda o‘zini aybdor deb tan olgan ukrainalik Vadim Yermolovich AQShda 30 oylik qamoq jazosiga mahrum etildi. 

"Avvalroq kiyevlik 29 yoshli Vadim Yermolovich o‘zini uch band: elektron firibgarlikni amalga oshirish, kompyuterlarni buzib kirish va og‘ir oqibatlarga olib kelgan shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash maqsadida til biriktirish bo‘yicha o‘zini aybdor deb tan oldi", deyilgan Nyu-Jyersi federal prokuraturasi xabarida.

Yermolovich bir qator yirik kompaniyalar ma'lumotlariga ruxsatsiz kirib, ularning matbuot uchun mo‘ljallangan bayonotlarini ular rasman chop etilgungacha o‘g‘irlagan xakerlar guruhiga kirgan. Bu hujjatlarda keltirilgan ma'lumotlar asosida ular qimmatbaho qog‘ozlarni sotish va sotib olish bo‘yicha bitimlar amalga oshirganlar. AQSh hukumatining ta'kidlashicha, gumonlanuvchilar 150 mingdan ko‘proq bayonotlarni o‘g‘irlashgan. Bu noqonuniy faoliyat oqibatida ular 100 mln dollarga yaqin pul ishlab olishgan.

Yermolovichning yana 5 nafar sherigi sifatida Ukraina fuqarolari Ivan Turchinov va Aleksandr Yeremenko hamda AQShning Jorjiya shtatida yashovchi Arkadiy Dubovoy va Igor Dubovoy aytilgan. Ulardan Arkadiy Dubovoy va Igor Dubovoy 2016 yil yanvar-fevralida o‘zlarini aybdor deb tan olganlar.

Umumiy holda ushbu ish bo‘yicha 40 dan ko‘proq xaker va treyderlar gumonlanuvchi sifatida o‘tmoqda. AQSh hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, ular PRNewswire va Business Wire agentliklari servislarini buzib kirganlar. Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, xakerlar 5 yil davomida o‘g‘irlangan ma'lumotlardan foydalanib kelganlar. Bu ma'lumotlar ularning Ukraina, Malta va Kiprdagi sheriklari orqali treyderlarga berilgan.  

Yermolovich 2014 yil noyabrda hibsga olingan. Prokuratura uni 20 yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qilgan.

Top