17:53 / 23.05.2017
20761

Janubiy Koreya va KXDR chegarasini noma'lum obekt kesib o‘tdi

Janubiy koreyalik harbiylar KXDR tomondan kelib, chegarani kesib o‘tgan noma'lum uchar jismni payqashgan. Bu haqda Yonhap agentligi xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, noma'lum obekt Kanvondo viloyatidagi harbiysizlashgan hududda qayd etilgan.

Janubiy Koreya harbiylari ogohlantiruvchi o‘q uzishga to‘g‘ri kelgan.

Shundan so‘ng rasmiy Seul havo kengliklari himoyasini kuchaytirdi, Shimoliy Koreya Pyongyangga ushbu hodisa yuzasidan nota yo‘lladi.

Mavzuga oid
Top