12:25 / 23.05.2017
29214

Podmoskovedagi tashlandiq raketa shaxtasida milliard rubl topildi

Peterburglik tarixchilarning «Yo‘llar va o‘rmonlar bo‘ylab. Tashlandiq mamlakat» loyihasi «Rus sirlari» YouTube kanali bilan hamkorlikda Podmoskovedagi tashlandiq raketa shaxtasida bir mlrd sovet rublidan ko‘p mablag‘ga duch keldi. TJ ushbu sayohat ishtirokchisi Olga Bogdanova bilan suhbatlashdi va Rossiyada bu kabi yashirin pullar qabristonidan yana qancha topish mumkinligiga qiziqdi. 

Foto: Olga Bogdanova

Ayrim kupyuralar yaxshi saqlangan.

Bogdanovaning hikoya qilishicha, u ko‘mib tashlangan pullar haqida ko‘p eshitgan, biroq aniq joylarini bilmagan. May bayramlarida uning «Rus sirlari» YouTube kanalidagi tanishi Sergey Volkov shunday hududlardan biriga birgalikda sayohat qilishni taklif etgan. 

Olga turmush o‘rtog‘i Aleksey Antonov bilan birga shu kabi tashlandiq joylarni qidirib, o‘tgan davrlarga xos bo‘lgan buyumlar va ashyolarni yig‘ish, u yerlar haqida foto va videolavhalar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. 

«Yarim yillar oldin Aleksey 1961 va 1991 yilgi namunalardagi sovet pullari ko‘milgan tashlandiq shaxta borligidan xabar topdi. Bu unga qiziq tuyulgan bo‘lsa-da, manzilini surishtirmadi. 

May bayramlari arafasida «Rus sirlari» kanali muallifi va boshlovchisi Sergey Volkov shunday joylardan biriga safar qilishni taklif qildi. Biz ko‘p ham o‘ylamasdan yo‘lga otlandik», - deb hikoya qiladi Olga.  

Foto: Olga Bogdanova

Tashlandiq raketa shaxtasi Podmoskovedagi qishloqlardan birida joylashgan. Foto Olga Bogdanova

1990 yillarda keraksiz kupyuralar tonnalab shaxtalarga olib chiqilgan, chunki ular zaharli bo‘lgani sababli yoqish xavfli bo‘lgan. Shunday joylardan biri Moskva shahri yaqinidagi nomi oshkor qilinmayotgan joy shunday shaxtalardan biridir. 

E'tiborli tomoni shundaki, qishloq aholisi ulardan bir necha km uzoqlikda «xazina» ko‘milganidan bexabar bo‘lgan. Ehtimol, bilganlari ham lom-mim demaslikka qaror qilgan. 

Olganing aytishicha, «xazina»ga sayohat bir necha soat davom etgan. Kupyuralarning radioaktivligi haqida so‘zlardan so‘ng, tekshiruv o‘tkazilganida dozimetr me'yordan ortiq emasligini ko‘rsatgan. Pullar katta hududga sochilgan bo‘lib, ular orasida bog‘lam pullar ham borligini ko‘rish mumkin edi. 

Foto: Olga Bogdanova

Shaxtaga borish va mashinaga qaytish 5 soat vaqt olgan. Yo‘l o‘rmon, maydon va daryo orqali o‘tgan bo‘lib, aynan daryo kechuvi qiyinchilik tug‘dirgan. 

Sayohatchilar, asosan, 1961 va 1991 yil namunalaridagi 100 va 50 rubllik pullarga duch kelishgan. Biroq, 25, 10, 5 va 1 rubllik pullar ham bo‘lgan. 

Bogdanovaning fikricha, Rossiya hududida kamida 3ta shunday maxfiy joylar bo‘lishi mumkin. 

Foto: Olga Bogdanova

Sayyohlar estalik uchun bir nechta banknotalarni olishgan. Safardan so‘ng, ular 10 daqiqalik videolavhani e'lon qilishdi. Bogdanovaga ko‘ra, u ushbu ko‘rganlaridan so‘ng, «vaqt mashinasida sayohat qilishni juda xohlagan».

Mavzuga oid
Top