23:34 / 23.05.2017
7181

Video: Velosipedchi poygani qutqarilgan mushuk bolasi bilan davom ettirdi

Foto: Facebook/Viitor Fonseca

Braziliyalik velopoygachi Viktor Fonseka o‘quv mashqi davomida yo‘l chekkasida yolg‘iz mushuk bolasini ko‘rib qoldi. Sportchi jonivorga rahmi kelib, uni kiyimiga joylab, yo‘lini davom ettirdi. Metro nashri shu haqida xabar berdi

Qutqarilgan mushuk bolasi Viktorga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lmadi. Aksincha, u yo‘l davomida ro‘y berayotgan voqealarga qiziqish bilan qarab, vaqti-vaqti bilan hatto velosipedchiga erkalanib qo‘ydi. 

Sportchi ushbu qiziqarli videoni 15 may kuni o‘zining Facebook'dagi sahifasiga joyladi. O‘tgan kunlar davomida video millionlab foydalanuvchilar tomonidan ko‘rildi. 

Manbaga ko‘ra, sportchi mashqlarni tugatgach, mushukchani yangi egalari qo‘liga topshirgan.

Top