19:33 / 24.05.2017
8519

Yevropa ligasi. Final faktlari

Foto: eurosport.com

Yevropa ligasining finalidan o‘rin olgan uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Unda «Ayaks» «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi. Tribuna.Uz ikki jamoaning tarixdagi finallarini yodga oladi.

O‘rtada YeChL yo‘llanmasi. To‘liq prevyu

Final faktlari

Bu «Ayaks»ning 15 marta yevrokuboklar finalida ishtirok etishi bo‘ladi. Jamoa bungacha o‘tkazgan 14 finalning 10tasida g‘alaba qozongan, 4tasida mag‘lub bo‘lgan. So‘nggi marta YeChLda 1995 yildagi g‘alaba («Milan» ustidan 1:0) so‘nggi yevrosovrin bo‘lib qolayotgan bo‘lsa, 1996 yildagi YeChL finalidagi «Yuventus»dan uchralgan mag‘lubiyat jamoaning so‘nggi finali bo‘lib qolayotgandi.

«Yunayted» yevrokuboklar finalida 12 marta maydonga tushadi. Oldingi 11 finalning 6tasida jamoa sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 5tasida mag‘lubiyatga uchragan. Qiziq tomoni jamoa so‘nggi uchta finalning barchasida mag‘lubiyatga (2008 superkubokda, «Zenit», 2009 va 2011 yillarda «Barselona») uchragan. Jamoaning yevrokuboklardagi so‘nggi g‘alabasi 2008 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Fergyuson boshchiligidagi jamoa «Chelsi»ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Agar «Manchester Yunayted» Stokholmdagi finalda g‘alaba qozongan taqdirda «Ayaks», «Bavariya», «Chelsi» va «Yuventus» kabi Yevropada shu kunga qadar tashkillashtirilgan uchta musobaqada (YeChL/YeChK, Kubok egalari kubogi, UYeFA kubogi/Yevropa Ligasi) ham g‘alaba qozongan jamoaga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Top